audio

    16+
    Elektron ishtirok

    1997-yil 24-aprelda O‘zbekiston Respublikasining "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida"gi 400-I-sonli Qonuni qabul qilindi.

    O‘zbekiston Respublikasida fuqarolar va tadbirkorlik vakillari uchun normativ-huquqiy hujjatlarni, davlat byudjeti parametrlarini va shunga o‘xshash masalalarni muhokama qilish hamda qabul qilishda elektron tarzda ishtirok etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu jarayonda fuqarolar va tadbirkorlar faol ishtirok etishlari mumkin.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning virtual qabulxonasi fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilishga bo'lgan konstitutsion huquqini so'zsiz amalga oshirilishiga ko'maklashadi. Siz ushbu axborot tizimi yordamida o'z ariza, taklif yoki shikoyatingizni O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborishingiz mumkin. 
    Elektron ishtirok etish asosida hal etilgan murojaatlar.

    Tadbirkor virtual ofisi

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil (Biznes-ombudsman)

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali

    Portalda davlat boshqaruvining barcha sohalari va darajalariga oid normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari e’lon qilinadi. Ushbu portal fuqarolar va tadbirkorlik vakillari uchun mazkur loyihalarni muhokama qilish va o‘z takliflarini kiritishda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. 
    Elektron ishtirok etish asosida ko‘rib chiqildi.

    Xalq Nazorati

    Poytaxt aholining va Toshkent shahar xizmatlarining o'rtasida samarali hamkorlik qilish uchun interaktiv servis
    Elektron ishtirok etish asosida hal etilgan murojaatlar.

    Jamoaviy murojaatlar portal (Mening fikrim)

    Jamoatchilik tashabbuslarining yagona platformasi tashkil etilib, unda fuqarolar va biznes vakillari uchun Oliy Majlis palatalaridan biriga yoki xalq deputatlari mahalliy Kengashiga ko‘rib chiqish uchun jamoaviy murojaatlar berish imkoniyati yaratildi. 
    Elektron ishtirok etish asosida ko‘rib chiqildi.

    "Ochiq budjet" axborot portali

    Portalda fuqarolarning budjet mablag‘larini taqsimlashda ishtirok etish mexanizmi joriy etilgan, budjet xarajatlarining manzilliligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan, shuningdek, jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida tuman (shahar) budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish imkoni berilgan. 
    Elektron ishtirok etish asosida amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotlar.

     

    • view_icon 382
    : 2024-12-17 17:55:53